locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

"Shalpangquloq"ning o'lchamini bilasizmi? Hammasi kubok haqida

Maqolalar 13 may 2025 da 04:20
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
"Shalpangquloq"ning o'lchamini bilasizmi? Hammasi kubok haqida
Photo: gettyimages

UEFA chempionlar ligasi kubogining og'irligi 7.5 kg va uning balandligi 73.5 sm o'lchamda tayyorlanishini bilarmidingiz?

1968/69 yilgi mavsumda kiritilgan qoidaga ko'ra, kubok musobaqada ketma-ket besh yoki uch yil g'olib chiqqan har qanday klubning mulkiga aylanar, keyin esa noldan hisob-kitob boshlanar edi.

2008/09 yilgi mavsumda qoida o'zgartirildi. Yangi qoidaga ko'ra kubokning haqiqiy, asli UEFAda qoladi va nusxasi klub muzeyiga beriladi.

Hozirgi kubok “shalpangquloq”larning beshinchi avlod dizayn versiyasi hisoblanadi. Uni UEFA Bosh kotibi Xans Bangerter 1967 yilda "Real Madrid"ga asl nusxasini saqlashga ruxsat berilganidan keyin topshirgan.

Chempionlar ligasi kubogi Bern shahrida (UEFAning o'sha paytdagi qarorgohi yaqinida) Yurg Stadelman tomonidan dizayn qilingan va ishlab chiqarilgan.

Yurg Stadelmann shunday deb eslaydi: "Men otam Hans bilan birga Herr Bangerterning kabinetiga bordik va butun polni chizmalar bilan qopladik. U shunday izohlar berdi: “Bolgarlar buning pastki qismini xohlaydi. Ispanlar buni xohlaydi, lekin italiyaliklar buni afzal ko'rishadi va nemislar buning uchun borishadi. Biz shu tariqa dizanylar ichidan qaysidir qismlarini olib, ularni birlashtirib chiqdik”

Kubokni tayyorlash uchun 340 soat vaqt kerak bo'ldi, Stadelmann qat'iy belgilangan muddatda ishni bajardi. "Bu 28 martgacha tugatilishi kerak edi, - deya qo'shimcha qildi Stadelmann, “chunki men turmush qurayotgan edim va xotinimni Los-Anjelesga o'n kunlik qayiq safariga olib ketayotgan edim.

Men eng nozik ishni qildim, keyin uni o'yuvchi Fred Bänninger tugatdi. Hammasi o'z vaqtida deb aytishdan xursandman”

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting