Sancho «Yuventus»ga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga rozi
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Getty Images
"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho faoliyatini "Yuventus"da davom ettirish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchi bir mavsum uchun 5 mln yevro maoshga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga, shartnomada 1,5 million yevro miqdorida bonuslar ham belgilanishi mumkin.
Avvalroq Sancho turinliklardan yiliga 10 million yevro atrofida maosh olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
"Yuventus" mankunianliklar bilan muzokaralar olib borayotgani, Jeydon transferiga 10+5 mln yevro bonus to‘lashga tayyorligini ham xabar qilingan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist