Rodri – «Real»ning asosiy transfer maqsadi
“Real” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
TeamTALK nashri xabar berishicha, “qirolicha” klubi 29 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishni jiddiy maqsad qilgan. Futbolchi yozgi transfer vaqtida jamoaning asosiy transfer maqsadiga aylanishi mumkin.
Shu o'rinda “Manchester Siti” ham Rodri bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarni boshlashga tayyor.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Rodri barcha musobaqalar doirasida jami 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ygan. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.