locale OZ

Quyi divizionga tushib ketish xavfi ostidagi top-4 jamoa

"Tottenxem" ham bor.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Quyi divizionga tushib ketish xavfi ostidagi top-4 jamoa
ФОТО: Getty images

Yevropaning top-5 chempionatlari o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Germaniyada chempionlik masalasi allaqachon hal bo‘lgan. Qolgan 4 ta ligada esa g‘oliblik uchun kurash davom etmoqda. Shu o‘rinda yuqoridagi 5 ta ligada jon saqlab qolish yo‘lida ham ayovsiz kurash kechmoqda. Quyida e’tiboringizga quyi divizionga tushib ketish xavfi ostida turgan 4 ta top jamoa haqida so‘z yuritamiz.

“TOTTENXEM”
Turnir jadvalidagi holati: 34 ochko (18-o‘rin)

“Shporlar”ga mavsumda juda omadsiz keldi. Tomas Frank boshqaruvida natijalar yaxshi bo‘lmadi. Natijada rahbariyat daniyalik mutaxassisni iste’foga chiqardi. Keyin esa Igor Tudor taklif qilindi. Afsuski, xorvatiyalik mutaxassis jamoa bilan birorta ham o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Natijada Tudor ham muddatidan oldin vazifasidan ozod etildi. Xavfli zonaga tushib ketmaslik uchun Roberto De Zerbi tayinlandi. Hozircha italiyalik murabbiy bilan natijalar bir zumda o‘zgarib qolgani yo‘q. Hozirda ular 18-o‘rinda. 17-o‘rinda turgan “Vest Xem”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. “Tottenxem”ni oldinda “Aston Villa”, “Lids”, “Chelsi” va “Everton”ga qarshi bahslar kutmoqda.

Spurs Hit Historic Low: Tottenham's Winless 2026 Run Continues Amid  Relegation Fears | Football News - News18

“SEVILIYA”
Turnir jadvalidagi holati: 34 (18-o‘rin)

Andalusiya klubi Segunda ligasiga tushib ketishi mumkin. Bunga jamoada yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Oxirgi yillarda “Seviliya”da aynan shu muammo avj oldi va natijalar birdaniga pasaya boshladi. Mart oyida rahbariyat bosh murabbiy Matias Almeidani iste’foga chiqardi. O‘rniga Luis Garsiya taklif qilindi. 53 yoshli mutaxassis jamoani hozircha o‘zgarta olgani yo‘q.

“Seviliya” so‘nggi 8 ta o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozondi. Ularni ligada qolishi uchun yana 5 ta uchrashuvi bor. “Real Sosyedad”, “Espanol”, “Vilyarreal”, “Real” va “Selta”. Bir qarashda jamoani jiddiy raqiblar kutmoqda.

Sevilla move closer to La Liga relegation after loss against Osasuna

“VOLFSBURG”
Turnir jadvalidagi holati: 25 (17-o‘rin)

“Bo‘rilar” 1997 yildan beri uzluksiz Bundesligada ishtirok etib kelmoqda. Biroq joriy mavsumda jamoaning ishlari yaxshi emas — quyi divizionga tushib ketish xavfi yuqori. Ular mart oyi boshida “Shtutgart”ga 4:0 hisobida yutqazib, quyi ikki o‘ringa tushib qolgan edi. Oradan bir hafta o‘tib, ular joriy mavsumda ikkinchi marta murabbiylarini almashtirdilar.

Endi uchta o‘yin qolganda, "Volfsburg" o‘zidan yuqorida turgan jamoadan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Bundesliganing pley-off bosqichidan bir ochko uzoqda.
Ular bu mavsum Germaniya chempionatidagi eng yomon himoyaga ega bo‘lib, 60 dan ortiq gol o‘tkazib yuborishdi.

2009 yilda “Volfsburg” Jeko bilan Bundesligada chempion bo‘lgan edi. Joriy mavsumda Eriksen bilan quyi divizion tomon odimlamoqda.

Wolfsburg in crisis » TSG Hoffenheim

“NITSA”
Turnir jadvalidagi holati: 30 (15-o‘rin)

Fransiya chempionatida yana uchta turdan so‘ng 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga yetadi. “Nitsa” esa xavfli zonaga yaqin. 16-o‘rindagi jamoa bilan farq 5 ochkoni tashkil etadi. Agarda jamoa oldinda turgan 3 ta bahsda kerakli ochkolarini to‘play olmasa, ortida turgan “Oser” muvaffaqiyat qazonsa, “Nitsa” quyi divizionga ravona bo‘lishi hech gap emas. Oxirgi yillarda jamoada tarkibda ham murabbiylar shtabida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Buning natijasida esa vaziyat birdaniga o‘zgarib ketdi va pasayishlar kuzatila boshlandi. Jamoaning Fransiya chempionatida ishlari yaxshi emas. Ammo ular Fransiya kubogi finaliga chiqqan, 23 may kuni g‘oliblik yo‘lida “Lans” bilan hisob-kitob qiladi. Shuningdek, chempionat doirasida ham ular bilan 3 may kuni bellashadi.

OGC Nice set unwanted records on sombre night in Europa League - Yahoo  Sports
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting