locale OZ

Peleni ko'rgan o'yingoh katta futbol bilan xayrlashmoqda!

Maqolalar
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Peleni ko'rgan o'yingoh katta futbol bilan xayrlashmoqda!
Photo: gettyimages

Angliyaning eng ramziy va qadimiy joylaridan biri bo'lgan, shuningdek eng qiziqarli o'yinlarni guvohiga aylangan “Goodison Park” stadioni 1892 yildan beri “Everton”ning uy uchrashuvlarini o'tkazuvchi maydon sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 133 yildan keyin, mashxur Mersisayd o'yingohi ortiq “Everton” erkaklar bosh jamoasiga hizmat qilmaydi.

“Toffees”lar ("Toffes"-bu “Everton” klubining laqablaridan biri bo'lib, uning asl ma'nosi Angliyada tayyorlanadigan shirinlik turi hisoblanadi) faoliyatini “Enfield” o'yingohida boshlagan, lekin ushbu stadion rahbari bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik tufayli “Goodison Park”ni qurishga qaror qilingan.

“Goodison Park” 1894 va 1910 yilgi Angliya kubogi finallariga mezbonlik qilgan hamda 1966 yili Angliyada bo'lib o'tgan (Inglizlarning yagona chempionligi qo'lga kiritilgan) Jahon chempionatining beshta bahsini ham o'z bag'rida o'tkazgan.

O'yingoh 1994 yilda sig'imi 39 532 muhlis uchun mo'ljallanib, kengaytirildi. “Goodison Park”da “Everton” birinchi divizion sovrinini to'qqiz marta yutgan va ularning eng so'nggisi 1986/87 yilgi mavsumga to'g'ri keladi.

“Everton”ning “Goodison Park”dan boshqa yerga ko'chishi yigirma yildan beri muhokama qilinib kelinayotgan edi. 1996 yilgi rejalar mablag' yetishmasligi sababli to'xtab qolgan edi.

Keyingi loyiha 2006 yili muvaffaqqiyatsizlikka uchragan. O'shanda klub muhlislar o'rtasida ko'chish yoki qolish borasida so'rovnoma o'tkazgan. Yakunda so'rovnoma natijasidan qat'iy nazar ko'chishga hukumat tomonidan ruhsat berilmagan.

2017 yilda “Toffees”lar xo'jayini Bill Kenrayt yangi stadion uchun joy tanlanganini tasdiqladi va yil ohirida reja ham aniq bo'ldi. Muhlislar sig'imini yanada kengaytirish hamda iqtisodiy tomonlama yaxshilanish klubni yangi stadionga ko'chishi uchun asosiy sabab deb keltirildi.

Mavsum tugagandan so'ng “The Grand Old Lady” (Katta kampir) “Everton” asosiy erkaklar jamoasi uchun ortiq hizmat qilmaydi. Yangi mavsumdan boshlab ushbu o'yingoh “Everton” ayollar jamoasi hamda akademiya ishtirokidagi o'yinlarga mezbonlik qiladi. Shunday qilib Peleni ko'rgan stadion katta futbol bilan xayrlashmoqda.

“Everton”ning yangi o'yingohiga “Hill Dickinson Stadium” deb nom berildi va u Liverpulning shimolida, ya'ni “Goodison Park”dan 2.1 mil uzoqlikda joylashgan. Bu tahminan avtomobil orqali 10 daqiqa, yoki piyoda 45 daqiqalik yo'lni bildiradi. Shuningdek, shahar markazidagi “Royal Liver Building” binosidan 1.5 mil uzoqlikda joylashgan.

Agar shahar markazidan piyoda bormoqchi bo'lsangiz 30 daqiqa atrofida yurishingizga to'g'ri keladi. Agar aftobus orqali kelishni xohlasangiz 919, 929, 939 yo'nalshlardan biriga chiqishingiz kerak bo'ladi. Velosipedlar uchun ham sharoitlar bor. Faqat guruh bo'lib to'planib turgan muhlislar tarafdan velosipedlarda kelish tavfsiya qilinmaydi.

“Hill Dickinson Stadium” o'z bag'riga 52 888 ishqibozni sig'dira oladi. Bu “Stamford Bridge” kabi haybatli o'yingohdan kattaroq bo'lgan Angliyadagi yettinchi maydon hisoblanadi. “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Vest hem”, “Tottenxem” kabilar yuqori oltitalikni egallagan.

Rasmiy manbalarga qaraganda yangi stadion 500 million yevro mablag' evaziga qurilgan, lekin uning asl qiymati 800 million yevrodan ko'proq ekanligiga shubha qilinmaydi.

“Everton” “Hill Dickinson Stadium”ga yangi mavsumdan ko'chib o'tadi. Klubning U 18 jamoasi orqali yangi stadion sinovdan o'tkazildi. Ushbu bahsga o'n ming muhlis tashrif buyurib, sharoitlar bilan tanishdi.

“Hill Dickinson Stadium” 2028 yili Angliyada o'tkazilishi rejalashtirilgan Yevropa chempionatining saralab olingan o'yingohlaridan biri ham hisoblanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting