locale OZ

O‘zbekistonning 2025-yildagi eng yaxshi top-10 bokschisi

Maqolalar
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
O‘zbekistonning 2025-yildagi eng yaxshi top-10 bokschisi
Photo: Getty Images

O‘zbekistonlik kuchli bokschilar reytingi tuzildi. 2025-yil natijalari bo‘yicha, bokschilarning umumiy yutuqlariga nazar tashlaymiz.

Bahodir Jalolov

Super og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks oqshomi doirasida ukrainalik Igor Shevazutskiyga qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raunddan iborat jang to‘liq davom etdi va natijada Jalolov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Natijada 30 yoshli Jalolovning g‘alabalari soni 15 taga yetdi. Avvalgi g‘alabalarning barchasi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan edi. Sportchining hisobida hozircha birorta mag‘lubiyat yoki durang yo‘q.

Hasanboy Do‘smatov

Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov Bolgariyadagi "Stranja" turnirida fransiyalik raqibiga yutqazib qo‘ydi. Keyinchalik u Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira musobaqasida ukasiga qarshi jangdan voz kechdi. Hasanboy Do‘smatov esa ukasi Faryozbek bilan kutilganidek chorak finalning o‘zida to‘qnash keldi. Bu vaziyatda avvalgidek, Hasanboy jangga chiqmagan va natijada Faryozbek keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Muradjon Ahmadaliyev

Pro boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA Interim kamar sohibi Muradjon Ahmadaliyev 30-may kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida o‘tkaziladigan jang oqshomida mezbon Luis Kastilyoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shundan so‘ng Ahmadaliyev 14-sentabr kuni Tokioda ikkinchi eng engil vazndagi mutlaq chempion Naoya Inoue bilan ringga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Muradjon Ahmadaliyev shu kungacha pro boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan (10 ta nokaut). 1 ta jangda mag‘lub bo‘lgan.

Shahram G‘iyosov

Buxorolik tajribali bokschimiz, yarim o‘rta vazn toifasidagi pro bokschi Shahram G‘iyosov 13-aprel kuni navbatdagi jangda ishtirok etdi. Unda G‘iyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi 4-raundda muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratdi.

Faoliyatidagi 17-g‘alabasini qo‘lga kiritgan Shahram Okamponi mag‘lub etish orqali 75 ming AQSH dollari miqdorida gonorarga ega bo‘ldi.

Shahramning keyingi jangi chempionga qarshi kechadi. Unga ko‘ra, u yarim o‘rta vazn toifasida IBF va WBA yo‘nalishlari chempioni Jeyron Ennis bilan ringga chiqadi. Jang sanasi tez orada e’lon qilinadi.

Isroil Madrimov

Kuchli zarba sohibi bo‘lgan Madrimov fevral oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tayotgan pro boks oqshomi doirasida amerikalik Virjil Ortis bilan jang o‘tkazgan edi.

12 raundlik chempionlik jangi to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan (117-111, 115-113, 115-113) Virjil Ortis g‘alaba qozonib, o‘z kamarini saqlab qoldi. Isroil esa bu jangdan 800 mln dollar atrofida pul ishlab oldi.

Bektimir Meliqo‘ziyev

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik charm-qo‘lqop ustasi Bektimir Meliqo‘ziyev may oyida ringga ko‘tariladi.

30-may kuni Las-Vegas shahridagi Virgin Hotels majmuasida tashkil etiladigan pro boks oqshomida ishtirok etadi. 29 yoshli o‘zbekistonlik bokschi shu kuni amerikalik Daryus Fulgham bilan jang o‘tkazadi. Bellashuv g‘olibi keyingi jangini aynan titul uchun o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Bektimir faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba (10 KO) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Otabek Xolmatov

Pro bokschimiz Otabek Xolmatov yaqinda Astanada yarim engil vazn toifasida Filippin vakili Jeyson Kanoy Manigosga qarshi bahs olib bordi.

Yarim engil vazn toifasidagi jang 8 raundga mo‘ljallangandi. Xolmatov bahsning so‘nggi, sakkizinchi raundida Kanoyni nokautga uchratdi. Bu g‘alabadan so‘ng Otabek Xolmatovning hisobidagi g‘alabalar soni 13 taga yetdi. U bunga qadar oxirgi bo‘lib turgan jangida (2024-yil mart oyida) Raymond Fordga imkoniyatni boy bergandi.

Muhammad Shexov

O‘zbekistonda tug‘ilgan Shexov aprel oyida Vengriyada professional boks oqshomida ringga ko‘tarildi. U 20 yoshli Orlando Moralesni 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Muhammad Shexov Buxoroda tug‘ilgan. Uzoq yillar davomida Rossiya sharafini himoya qilgan. Bugungi kunda ringga O‘zbekiston va Rossiya bayroqlari bilan chiqadi. Professional boksda 17 ta jang o‘tkazgan va ularning 16 tasida g‘alaba qozongan. 1 ta jangi durang bilan yakunlangan.

Botir Ahmedov

Professional boksda faoliyatini olib borayotgan Botir Ahmedov Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida pro boks bo‘yicha "Riyadh Season" musobaqasida ringga ko‘tarildi. Ahmedov ushbu oqshomda meksikalik Oskar Duartega qarshi bahs olib bordi. WBA eliminatori maqomidagi jang to‘liq 10 raund davom etdi. Unda Oskar Duarte ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Botir Ahmedov faoliyatidagi 14-jangida o‘zining to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Fazliddin G‘oibnazarov

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi bo‘lgan G‘oibnazarovga AQSHdagi bir qancha promouterlik kompaniyalari tomonidan takliflar tushgan.

Fazliddin ushbu takliflarni ko‘rib chiqmoqda va tez orada o‘ziga mos variantni tanlab, shartnoma imzolaydi. Shundan so‘ng u ham pro boks kechalarida ringga chiqishni boshlaydi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting