locale OZ

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Iqtisodiy loyihalar va yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim qarorlar muhokama qilindi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Фото: ЎФА

Bugun Kanadaning Vankuver shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ijroiya Qo‘mitaning Markaziy Osiyo mintaqasi vakili, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishga OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa raislik qildi. Unda Osiyo futbolining dolzarb masalalari, mintaqadagi futbolni yanada rivojlantirish, a’zo assotsiatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiy loyihalar va yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim qarorlar muhokama qilindi.

Shayx Salmon o‘z nutqida so‘nggi yillarda Osiyo futbolida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi.
Bizning asosiy maqsadimiz Osiyo futbolining saviyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini yanada oshirishdan iborat. Bugungi kunda 2029–2036-yillar tsikli uchun iqtisodiy va tijoriy huquqlariga oid loyihalarda muhim yutuqlarga erishildi. Biz ushbu ijobiy dinamikani saqlab qolishga qat’iy intilamiz, dedi OFK rahbari.

OFK prezidenti jarayon davomida yuqori darajadagi shaffoflikni ta’minlagan OFK Audit va muvofiqlik qo‘mitasi hamda Tenderlarni boshqarish jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Yig‘ilish davomida, shuningdek, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi FIFA prezidenti Janni Infantinoning navbatdagi muddatga qayta saylanishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Ushbu qaror OFK va FIFA o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasi sifatida qayd etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting