locale OZ

«MYU» «Arsenal»ga qarshi, «Siti» safarda o‘ynaydi. Hafta o‘yinlari anonsi

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYU» «Arsenal»ga qarshi, «Siti» safarda o‘ynaydi. Hafta o‘yinlari anonsi
Photo: Getty Images

Yevropa katta futbol bayrami qaytdi. Endi har haftada futbol ishqibozlarini Top-5 chempionatlarida qiziqarli bellashuvlar kutib turadi. Biz esa bugun oldinda turgan hafta o‘yinlariga diqqat-ingizni qaratamiz.

Vulverhempton – Manchester Siti (16 avgust, 21:30)

Odatda mavsumning ilk o‘yinlari har doim qiyin kechgan. “Manchester Siti” mehmonda “Vulverhempton”ga qarshi o‘ynaydi. Bu jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro bellashuvlarda yaqqol ustunlik “shaharliklar” tomonida bo‘lib kelgan. O‘tgan mavsumdagi omadsizliklar fonida, “Manchester Siti” tarkibni sezilarli darajada kuchaytirdi. Bu esa qanchalik jamoaga yordam berishini vaqt ko‘rsatadi.

“Vulverhempton”ga kelsak, Mateus Kuniyani “Manchester Yunayted”ga yaxshi summaga sotib yubordi. Tarkibni kuchaytirish borasida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Bu o‘yinda ustunlik “Siti” tomonida deyish mumkin. Qolaversa, ingliz saytlarida Abduqodir Husonov bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi taxmin qilinmoqda. Qolganini o‘yin vaqtida bilib olamiz.

Malyorka – Barselona (16 avgust, 22:30)

La Ligada yangi mavsum start oldi. “Jirona” mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Bugun “Barselona” kurashga qo‘shiladi. Bu klubda yaxshi yangiliklar bor. Joan Garsiya va Markus Reshford liga ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tabiiyki, Flik optimal tarkib bilan harakat qiladi.

Gamper kubogida “Komо”ga qarshi bahsda murabbiy barcha futbolchilarning imkoniyatlarini sinab ko‘rdi. Aytish mumkinki, “Barselona” yaxshi holatda mavsumga kirib kelmoqda. Vazifa ham qiyinlashgan. Har holda “Real” ham La Liga chempionligini maqsad qiladi. “Barса” esa amaldagi sovrinni saqlab qolish payida bo‘ladi.

Qisqasi, “Barса” safarda o‘ynashiga qaramay, ustunlikka ega. Buni maydonda isbotlash lozim. Mavsumning ilk o‘yini qiyin kechadi. Bunday holatda germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida Kataloniya klubi qanday chiqib ketadi, buni tez orada bilib olamiz.

Chelsea – Kristal Pelas (17 avgust, 18:00)

Londonda derbi bo‘lib o‘tadi. “Chelsea” klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrini bilan yangi mavsumga kiradi. Futbolchilarda yuqori kayfiyat bor. Yozgi transfer vaqtida yaxshi o‘yinchilar jalb qilindi. Mareska o‘z intervyularida chempionlikni maqsad qilganini aytdi. Demak, APLda sovrin uchun kurash yanada qizg‘in kechishi taxmin qilish mumkin.

“Burgutlar” ham yuqori kayfiyat bilan mavsumga kirishadi. Angliya superkubogida “Liverpul”ni yengib, o‘z tarixida ikkinchi sovringa erishdi. To‘g‘ri, “Kristal Pelas” mavsum davomida yuqori o‘rinlar uchun kurashga qo‘shilmaydi. Lekin kuchli jamoalardan ochko olishi mumkin. Aynan shu jihati bilan “Kristal Pelas”ning o‘z qadriyatlari bor.

O‘zaro o‘yinlarga e'tibor bering: So‘nggi 16 ta o‘yinda “Chelsea” raqibiga yutqazmagan. 2017 yilda “burgutlar” o‘z maydonida oxirgi g‘alabaga erishgan.

MYU – Arsenal (17 avgust, 20:30)

APLning 1-turidayoq katta bahs muxlislar diqqat markazida bo‘ladi. “Manchester Yunayted” yaxshi ijrochilarni jalb qildi. Yaxshi saviyadagi o‘yinchilarga ega bo‘ldi. Rahbariyat katta pullarni sarfladi. Tabiiyki, endilikda “qizil iblislar” ishqibozlari yaxshi natijalarni kutishadi. Ruben Amorim bunday holatda qanday jamoani shakllantirishi ham ko‘pchilikni qiziqtiradi.

“Arsenal” bir necha yildirki, chempionlik poygasida yetakchilardan biri bo‘lib keladi. Ammo muhim pallada ko‘p ochko yo‘qotishi tufayli chempionlik poygasidan chiqib ketadi. Arteta bu omadsizlikka barham berish yo‘llarini izlayapti. Lekin baribir jamoaga tajriba yetishmasligi ko‘zga tashlanmoqda. Xo‘sh, “to‘pchilar” yangi mavsumga tayyormi? Birinchi turdayoq jiddiy qarshilik ko‘rsata oladimi? Buni yakshanba kuni bilib olamiz.

Real – Osasuna (19 avgust, 23:59)

Madrid klubi Xabi Alonso bilan yangi mavsumga kirishmoqda. Yozda ispaniyalik mutaxassis istagan tarkib shakllantirildi. Himoyaning turli chiziqlariga yangi nomlar jalb qilindi. Ayniqsa, Trent va Xeysen top transfer sifatida ko‘rish mumkin.

Xo‘sh, Madrid klubida yo‘qotishlar bormi? Jud Bellingem mavsum starti arafasida “qirolicha” klubiga yordam bera olmaydi. Qolgan chiziqlar borasida esa hech qanday yo‘qotishlar yo‘q.

O‘zaro o‘yinlarga ko‘ra, “Real” raqibidan ustunlik qilib kelgan. “Osasuna” asosan qarshi hujumlar orqali o‘ynaydi. Bu orqali raqibiga qanchalik xavf tug‘dirishini 19 avgust tunda bilib olamiz.

BOSHQA O‘YINLAR

16 avgust. Lion – Lans (23:45)

17 avgust. Atletik – Sevilla (22:30), Nant – PSJ (23:45)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting