locale OZ

Jeko uchun so'nggi mundial. B guruhiga nazar solamiz

Bu kvartetda mezbonlardan biri Kanada, Bosniya, Qatar va Shveysariya o‘rin olgan.
Maqolalar
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Jeko uchun so'nggi mundial. B guruhiga nazar solamiz
ФОТО: Getty images

Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. Navbat B guruhiga yetib keldi. Bu kvartetda mezbonlardan biri Kanada, Bosniya, Qatar va Shveysariya o‘rin olgan. Demak, davom etamiz.

Bosniya va Gersegovina

Murabbiy

Sergey Barbarez nomi Bolqon hududidan tashqarida unchalik mashhur emas, ammo Bosniya futboli uchun u haqiqiy afsona hisoblanadi. Baland bo‘yli hujumchi Bundesligada ajoyib faoliyat yuritgan — u olti klub safida o‘ynagan (jumladan, Dortmundning "Borussiya", "Gamburg" va "Bayer" jamoalarida), hatto bir mavsumda eng yaxshi to‘purarga aylangan.

Eng muhimi, u murabbiy sifatida ham terma jamoani inqirozdan olib chiqdi. Buning ajablanarli tomoni shundaki, Barbarez terma jamoaga tayinlangunga qadar umuman murabbiylik tajribasiga ega emas edi.
Bosniyaning JCh yo‘li Yevropadagi eng dramatiklardan biri bo‘ldi: avval pley-offda Uelsni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi, keyin esa Italiyani musobaqadan chiqardi — italyanlar uchinchi bor ketma-ket mundialni o‘tkazib yubormoqda.

Yulduz

Terma jamoaning asosiy yuzi hamon Edin Jeko. Mart oyida u 40 yoshni qarshi oldi, lekin hali ham sardor, eng yaxshi to‘purar va hujumdagi asosiy figura bo‘lib qolmoqda.

U 2014-yilgi mundialda ham qatnashgan ikki futbolchidan biri (ikkinchisi — Sead Kolashinats).

Shu bilan birga, yangi avlod ham yetishib chiqdi: Ermedin Demirovich ("Shtutgart" yetakchilaridan biri), Amar Dedich (istiqbolli himoyachi), Tarik Muharemovich (Seriya Ada o‘sishda) va 18 yoshli Kerim Aylagberovich ("Zaltsburg" asosiy tarkibiga kirib kelgan).
Jeko esa faoliyatini yuqori darajada davom ettirmoqda — yangi mavsumda "Shalke" safida Bundesligada o‘ynaydi.

Maqsad

Bu guruhda mutlaq favorit yo‘q, ammo bir nechta “qora ot” jamoalar bor.
Turnir kengayganidan so‘ng grand jamoalar guruhlar bo‘ylab “taqsimlanib ketdi”. Shu sababli B guruhida superyulduzlar deyarli yo‘q.

Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,18%

Kanada

Murabbiy

Kanada terma jamoasi uzoq yillar soyada qolib kelgan, ammo so‘nggi yillarda Alfonso Devis va Jonatan Devid kabi yulduzlar paydo bo‘ldi.

2022-yilda jamoa 36 yillik tanaffusdan so‘ng mundialga qaytdi, 2024-yilda esa Kopa Amerika yarim finaligacha yetib bordi.
Natyijalar pasaya boshlagach, jamoa Jessi Marshga ishonib topshirildi. U “Red Bull” tizimida tajriba orttirgan va “Lids”ni boshqargan.
Marsh jamoalari agressiv pressing va yuqori temp bilan ajralib turadi. Uning qo‘l ostida Kanada yanada shiddatli va energiyaga to‘la jamoaga aylandi.

Yulduz

Kanadaning asosiy yulduzi — Alfonso Devis. U “Bavariya”da o‘ynaydi va jahon futbolidagi eng tezkor himoyachilardan biri.
Biroq u so‘nggi mavsumda ko‘p jarohat oldi va hozircha optimal formad emas. Shu sabab uning mundial boshlanishiga tayyorligi ham savol ostida.
Shunga qaramay, Kanada endi faqat bitta futbolchiga bog‘liq jamoa emas.

Maqsad

Kanadaning asosiy vazifasi — tarixda ilk bor pley-offga chiqish. Bu esa amalga oshishi mumkin bo‘lgan maqsad.
Shveysariya guruh favoriti bo‘lsa-da, Bosniya va Qatarga qarshi o‘yinlarda Kanadada imkoniyat bor. Uy omillari ham katta ahamiyatga ega.

Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,62%

Qatar

Murabbiy

2022-yilgi uy mundialidagi omadsizlikdan so‘ng Qatar haqiqat bilan yuzma-yuz keldi. Jamoa ikkinchi marta Osiyo kubogini yutgan bo‘lsa-da, yuqori darajada raqobat qilish qiyinligi ko‘rinib qoldi.
Jamoani hozir Xulen Lopetegi boshqarmoqda. U tajribali murabbiy bo‘lib, “Sevilya” va APLda ishlagan.

Qatar hozir ancha ehtiyotkor uslubda o‘ynaydi: intizom, qarshi hujum va standart holatlarga tayanadi.

Yulduz

Jamoaning asosiy figurasi — Akram Afif. U Osiyoda superyulduz hisoblanadi va Qatarning so‘nggi muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynagan.

U nafaqat gol uradi, balki hujumlarni tashkil qiladi va jamoaning ijodiy markazi hisoblanadi.

Maqsad

Qatar uchun asosiy vazifa — JChda kamida bitta o‘yinda g‘alaba qozonish. 2022-yilda jamoa barcha uchrashuvni yutqazgan edi.
Hozir ham raqobat kuchli, ammo kurashchan o‘yin ko‘rsatishning o‘zi ham ijobiy baholanadi.

Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,11%

Shveysariya

Murabbiy

Murat Yakin 2021-yilda terma jamoa boshqaruviga kelganda tanqidlar ko‘p bo‘lgan edi. Ammo hozir u o‘zini oqladi. Shveysariyaning asosiy kuchi — intizom va tashkilotchilik. Jamoa kamdan-kam hollarda parchalanib ketadi va doim raqobatbardosh bo‘lib qoladi.
Yevro-2024da ular yarim finalga yaqin kelib, faqat Angliyaga penaltilarda yutqazdi.

Yulduz

Granit Jaka — jamoaning yetakchisi. U uzoq yillardan beri barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda. U “Bayer” va “Sanderlend”da ham yetakchi bo‘lgan va hozir ham terma jamoada asosiy figura hisoblanadi.
Shveysariyaning yana bir ustunligi — kuchli himoya chizig‘i va ishonchli darvozabon Gregor Kobel.

Maqsad

Shveysariya guruhdan chiqishi shart. Bu jamoa tarkib va tajriba jihatdan boshqalardan ustun. Pley-offda esa maqsad — kamida chorak finalga yetish. Bu eng real va munosib natija hisoblanadi.

Chempionlik ehtimoli (Opta): 1,09%

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting