Ikkinchi mavsumlar qiroli Ange Postekoglu! Nima uchun va qanday qilib?
"Men har doim ikkinchi mavsumda chempion bo'laman. Hech narsa o'zgarmadi. Bunga ishonishimga qaramasdan biror narsa demoqchi emasman"
Yuqoridagi iqtibosni qo'pol kayfiyatda bo'lgan Ange Postekoglu Sentabr oyida uyda “Arsenal”ga qarshi 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng butun mavsum davomida qaytarib kelgan edi.

Bir kam oltmishni qarshilagan Australiyalik murabbiy “shporlarni” 2023 yil Iyulda qabul qilib olgan va chorshanba oqshomida “Manchester Yunayted”ni mag'lub qilganidan keyin tabassum qildi.

So'nggi bor 2008 yili Angliya liga kubogini yutgan va undan keyin omadsizlikka uchrab kelayotgan londonliklar Ange Postekogluning mavsum boshidagi iqtiboslari rost ekanligini isbotlay oldi. Bu g'alaba “Tottenxem”ning primyer-ligadagi eng yomon mavsumlaridan birida, chempion “Liverpul”dan 45 ochko ortda qolib 17 o'rinni qayd etgan davrda sodir bo'ldi.

“Shporlar” boshqaruvidagi o'zining yubiley yuzinchi o'yinida qo'lga kiritilgan Yevropa ligasi kubogi nafaqat klubning kelasi mavsum chempionlar ligasida ishtirok etishini ta'minladi, balki unga nisbatan qilinayotgan ko'plab tanqidlarga munosib javob bo'la oldi hamda katta ehtimol bilan o'z ish faoliyatida davom etishni naqd qildi.

U "South Melbourne" hamda “Brisbane Roar” kabi Australiya klublari bilan, shuningdek Yaponiyaning “Yokohama Marinos” jamoasi bilan o'zining boshqaruvdagi ikkinchi mavsumida sovrinlar yutib olgan.

Postekoglu Australiya terma jamoasi bilan Osiyo kubogini, “Seltik” bilan esa Shotlandiya chempionligini qo'lga kiritgan.
“Seltik” (Iyun 2021-iyun 2023)
Qahramonimiz 2021 yil iyun oyida “Seltik” bilan shartnoma imzoladi va bu vaqtda “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard “Renjers” bilan Shotlandiya chempionligini qo'lga kiritgan edi. Lekin, Australiyalik murabbiy sovrin uchun ikkinchi mavsumni kutib o'tirmadi, u ikki yil ichida beshta sovrinni jamoasiga olib berdi. Ular birinchi mavsumda Shotlandiya chempioni hamda liga kubogi sohibiga aylanishdi hamda ikkinchi mavsumda “Tottenxem”ga ketishidan avval Shotlandiya kubogini ham yutib, trebl qayd etdi.

Sobiq Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Hart “Seltik”ning muvaffaqiyatlariga ko'makchi bo'lishidan avval, “Manchester Siti” bilan ikki bor chempionlikni nishonlab ulgurgan edi. Postekogluning eng kuchli jihatlaridan biri futbolchilarning o'yindagi turli hil jihatlarini ko'ra olishi va ularga yangi qobilyatlarni o'rgatishi ekanligini Jo Hart his qildi.

“U eng zo'ri, haqiqatda juda juda yaxshi”,-deb takidlagan edi sobiq terma jamoa darvozaboni 2023 yil may oyidagi chempionlikdan so'ng. “Turli hil jamoalarda muvaffaqiyatli o'ynaganman. Futbolni anglash har doim bo'lgan, lekin haqiqiy uslub bilan o'ynash bu hayotimda birinchi marta bo'lyapti. Qisqa yoki havfli paslarni yaratishda o'zimda xotirjamlaikni his qilaman”,-deb fikrlarni bildirgan edi Hart.

O'yinlar: 113 ta. G'alabalar: 83 ta. Durranglar: 12 ta. Mag'lubiyatlar: 18 ta. Urilgan gollar: 284 ta. O'tkazib yuborilgan gollar: 108 ta.
“Yokohama Marinos” (January 2018-iyun 2021)
Australiyalik mutaxassis “Seltik” klubiga kelishidan oldin Yaponiyaning “Yokohama Marinos” jamoasida uch yarim yil faoliyat yuritgan. 2018 yili kun chiqar yurtiga tashrif buyurgan murabbiy o'zining birinchi o'n oylik ishlagan davridayoq ilk sovrinni qo'lga kiritishga juda yaqin keldi, ammo J liga kubogi finalida “Shonan Bellmare” jamoasiga kichik 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Lekin oradan hech qancha vaqt o'tmasdan Yaponiya chempionligini qo'ga kiritdi. Bu orqali Yaponiya superkubogida ishtirok etish imkoniyati paydo bo'ldi, biroq Superkubokda 1:0, 2:1, 3:2 holatlaridan 3:3 ko'rinishigacha kurashib penaltilar seriyasida 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

“Ange klub uchun maqsad bera oldi”,-deb yozadi yaponiyalik yozuvchi Dan Orlovitz. "Bu liga haqiqatda ko'rmagan futbol uslubining yangilanishi edi. Murabbiy ilk kelganida natijalar birdaniga yaxshi bo'lib ketmagan bo'lsada, u nima qilayotganini bilardi va o'z o'yin uslubiga ishonardi. Muhlislar uning natija qilishiga ishonardi. Keyingi mavsumda murabbiyning rejalariga kirmaydigan futbolchilarga javob berib yuborildi va o'yin uslubi uchun mos keladigan o'yinchilarni jamoaga taklif qilindi. Natijada 2019 yil kubok qo'lga kiritildi.

O'yinlar: 161 ta. G'alabalar: 79 ta. Durranglar: 30 ta. Mag'lubiyatlar: 52 ta. Urilgan gollar: 313 ta. O'tkazib yuborilgan gollar: 228 ta.
Australiya terma jamoasi (Oktabr 2013-noyabr 2017)
Futbolchilik faoliyatida himoyachi bo'lgan qahramonimiz Australiya milliy terma jamoasiga to'rt marta chqiruv olgan. 2013 yilda esa vatan jamoasini boshqarish imkoniyati paydo bo'ldi.

2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida, Kengrular yurti Niderlandiya, Chili va 2010 yilgi Jahon chempionlari Ispaniya terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olib, musobaqani so'nggi o'rinni egallagan holda erta tark etdi.

2015 yilgi Osiyo chempionatiga Australiya mezbonlik qildi. Yetmish olti mingdan ziyod muhlislar tomosha qilgan final uchrashuvida mezbonlar Janubiy Korea terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etib, Osiyoda tengsiz ekanligini isbotladi.

O'shanda yarim himoyachi Massimo Loungo hisobni ochgan va 91 daqiqada “Tottenxem”ning hozirgi sardori Son Min hisobni tenglashtirgan hamda qo'shimcha daqiqalarda Jemes Troisi “sariq”larni g'alabasini taminlagan edi.

Tim Kehil 2014 yili intervyularidan birida murabbiy haqida shunday degan edi: “Uni Australiya terma jamoasida ish boshlamaguncha hech qachon tanimaganman. U ajoyib inson. Uni tinglasangiz ko'rsatmalari oddiy va mantiqiy edi. Futbolchilar ham huddi shu narsani xohlashardi”

O'yinlar: 49 ta. G'alabalar: 22 ta. Durranglar: 12 ta. Mag'lubiyatlar: 15 ta. Urilgan gollar: 86 ta. O'tkazib yuborilgan gollar: 58 ta.
“Brisbane Roar” (Oktabr 2009-aprel 2012)
Australiyani boshqarishidan avval Ange Postekoglu ikki yarim yil “Brisbane Roar” klubida ishladi. 2010/11 yilda A liga chempionshipni qo'lga kiritdi, bu ham uning ikkinchi mavsumiga to'g'ri keldi.

O'sha paytdagi jamoa sardori Mat Smiz shunday eslaydi: “Hech qachon o'zimizni hotirjam his qilmaganmiz. Bir-birimizni har doim yaxshiroq bo'lish uchun, rivojlanish uchun undar edik. Yosh o'yinchi bo'lasizmi yoki yoshi kattami buni farqi yo'q edi. Agar uni aytganini qilmasangiz shafqatsizlarcha jazolar edi”

O'yinlar: 83 ta. G'alabalar: 42 ta. Durranglar: 24 ta. Mag'lubiyatlar: 17 ta. Urilgan gollar: 142 ta. O'tkazib yuborilgan gollar: 91 ta.
Australiya U17 va Australiya U20 (Yanvar 2001-Fevral 2007)
Yetti yillik yoshlar bilan ishlash faoliyati davomida Ange Okeaniya chempionatida g'olib bo'lgan.

"South Melbourne" (Yanvar 1996-dekabr 2000)
Postekoglu faoliyatini Australiya milliy ligasining “South Melbourne” jamoasida boshlagan. Qisqa fursat ichida uchta sovrinni qo'lga kiritgan. Bular 1997/98 hamda 1998/1999 yilgi mavsumlarda milliy liga chempionligini, shuningdek klublar o'rtasida 1998/1999 yilgi Okeaniya chempionatini g'olibligi hisoblanadi.

O'yinlar: 155 ta. G'alabalar: 82 ta. Durranglar: 30 ta. Mag'lubiyatlar: 43 ta. Urilgan gollar: 276 ta. O'tkazib yuborilgan gollar: 194 ta.
“Tottenxem” o'z-o'zidan chempion bo'lib qolmadi. Bosh murabbiy Ange Postekoglu ham o'z-o'zidan shu darajaga yetib kelmadi. Yuqoridagilar bunga isbot bo'la oladi. Siz ham maqolani o'qib, “ehhe bu murabbiy dinozavrlar davridan beri bor ekan-ku!”,-deb o'ylayapgan bo'lsangiz ajab emas. Inson tinimsiz va davomiy mehnat qilsa, u asta-sekin tajribaga aylanadi hamda yig'ilgan tajriba albatta katta natijaga aylanadi. Bugungi qahramonimiz ham ana shunday davrni boshidan o'tkazdi. Sports24.uz orqali qiziqarli va hayotiy maqolalarni o'qib boring, salomat bo'ling.