locale OZ

FIFA penalti tepish qoidalariga o'zgartirish kiritdi

Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA penalti tepish qoidalariga o'zgartirish kiritdi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol qoidalarini belgilaydigan IFAB tashkiloti penalti tepish paytidagi “ikkinchi teginish” bo'yicha yangi tartibni tasdiqladi.

Unga ko'ra, agar penalti ijrochisi to'pga tasodifan ikki marta tegib ketsa, bunday vaziyatda to'p darvozaga kirib ketsa, hakam zarbani qaytadan ijro etishga ruxsat beradi.

Avvalgi qoidalarga ko'ra, bunday holatda gol bekor qilinishi va raqib jamoaga erkin zarba berilishi kerak edi. Yangi tartib esa futbolchilarga noxush holatlarga tushib qolmaslik imkonini beradi.

Ma'lumot uchun, ushbu o'zgarish 2025-yilning 1-iyulidan rasman kuchga kiradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting