locale OZ

Farrux Zokirov: «Tajribanı xalqaro maydonda sinab ko‘rishni istadim»

O‘zbekistonlik mutaxassis Maldiv orollari futzal jamoasini boshqaradi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farrux Zokirov: «Tajribanı xalqaro maydonda sinab ko‘rishni istadim»
Фото: Ўзбекистон футзали

“Neftchi” futzal jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirov faoliyatini xorijda davom ettiradi. Tajribali mutaxassis Maldiv orollari milliy jamoasiga tayinlandi. Shundan so‘ng Sports24.uz muxbiri Zokirov bilan suhbatlashdi.

“Yaqinda Malayziyada instruktorlar seminarida qatnashgandim. O‘sha yerda Maldiv orollari futzal jamoasidan taklif keldi. Natijada ular menga ikki oylik shartnoma taklif qilishdi. Ikki oy ichida milliy jamoani SAFF musobaqasiga tayyorlayman. Xalqaro maydonda tajribamni sinab ko‘rish uchun ham ushbu taklifga rozilik bildirdim.

Ochig‘i, taklif vaqtida hech qanday ikkilanib o‘tirmadim. Birinchidan, tajribamni xalqaro maydonda sinab ko‘rishni istadim. Kelishuv muddati ko‘p emas. Xalqaro tajriba olish imkoniga ega bo‘laman. Hamma tomonini o‘ylab, rozilik berdim.

Maldivda futzal maydoni ham yo‘q. Bu yerda ochiq maydonda shug‘ullanishadi. Lekin ular futzalni yanada rivojlantirmoqchi. Mahalliy murabbiylarning futzal bo‘yicha bilimlarini oshirishga bel bog‘lashgan. Qisqasi, bu taklif men uchun juda qiziqarli tuyuldi.

Milliy jamoa bilan yig‘inda bo‘lganimda “Neftchi”da yordamchi murabbiylarim ishlarni davom ettirishadi. Ularga to‘liq ishonaman. Shuningdek, doimiy aloqada bo‘lib turamiz. “Neftchi” Oliy ligadagi ishtirokini davom ettiraveradi.

Oldinda bizni Tailanddagi turnir kutmoqda. Qisqa vaqt ichida imkoniyatdan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘ramiz. Dekabr oyining oxirida Xitoyda yig‘in tashkil qilinadi. Munosib qatnashishni reja qilganmiz. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Guruhda Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh, Butan va Shri-Lankaga qarshi o‘ynaymiz. Hindiston jiddiy raqib. Chunki ularni eronlik mutaxassis Reza Kordi boshqarmoqda. Qolgan jamoalarni ham turnir boshlanishiga qadar o‘rganishda davom etamiz”, - dedi Zokirov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting