Farg‘onada Besh tashabbus olimpiadasi doirasida “Maktab ligasi” bahslari davom etmoqda
Yengil atletika musobaqalarida 250 nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
O‘zbekiston tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tuman bosqichi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Bugun maktab o‘quvchilari sportning shaxmat va yengil atletika turlari bo‘yicha musobaqalarda o‘zaro kuch sinashdi.
26-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan shaxmat bahslarida 300 nafardan ziyod o‘quvchi 3 ta yosh toifasi bo‘yicha dona surgan bo‘lsa, “O‘zbekiston” o‘yingohida tashkil etilgan yengil atletika musobaqalarida 250 nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist