Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlar ma’lum
UEFA matbuot xizmati 2025/2026-yilgi mavsum UEFA Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinlari yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi futbolchisi unvoniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bu ro‘yxatdan “Pari Sen-Jermen” himoyachisi Vilyam Pacho va “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays o‘rin oldi.
Pacho “Bavariya”ga qarshi o‘yinda (1:1) to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, biroq bayonnomada samarali harakatlari bilan qayd etilmadi. Rays ham golli harakat amalga oshirmadi, biroq “Arsenal”ga “Atletiko”ni mag‘lub etishga (1:0) va ChL finaliga chiqishga yordam berdi.
Asosiy yevrokubok finali 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. Parijliklar musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. “Kanonirlar” o‘tgan mavsumda yarim finalgacha yetib borib, bo‘lajak sovrin sohiblariga imkoniyatni boy bergandi.