locale OZ

«Chelsi»ning eng tushunarsiz transferlari: Garnacho, Feliks, Obameyang va boshqalar

Kлубнинг omadsiz transferlari haqida gaplashamiz.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi”ning eng tushunarsiz transferlari: Garnacho, Feliks, Obameyang va boshqalar
ФОТО: Getty images

“Chelsi” hozirgi egalar qo‘l ostida ko‘plab katta, jasoratli va ba’zan o‘ylanmasdan qabul qilingan transfer qarorlariga qo‘l urdi.

Albatta, muvaffaqiyatli transferlar ham bo‘ldi. Koul Palmer ancha qimmatga tushgan bo‘lsa-da, o‘zini to‘liq oqladi. Moyses Kaysedo uchun ham katta mablag‘ to‘langandi, ammo ekvadorlik yarimhimoyachi ishonchli futbolchiga aylandi.

Ochig‘ini aytganda, omadsiz transferlar ham bo‘ldi. Rahim Sterling, Kalidu Kulibali, Mixail Mudrik… Ayniqsa, juda iqtidorli ukrainalik futbolchining taqdiriga achinish mumkin.

Keling, “Chelsi”ning so‘nggi yillardagi eng bahsli va tushunarsiz transferlarini eslab o‘tamiz.

Alejandro Garnacho

Havfli qaror edi va u o‘zini oqlamadi. Garnacho “Manchester Yunayted”da, hatto so‘nggi mavsumida ham iqtidorli futbolchi sifatida qaralardi. Shunga qaramay, “Chelsi” o‘tgan yozda argentinalik futbolchini sotib oldi.

Londondiklar tavakkal qildi, ammo Garnacho APLda atigi bitta gol urdi. Shundan so‘ng u “Aston Villa”ga ijaraga berildi.

Kirnan Dyusberi-Xoll

Ehtimol, bu futbolchi shunchaki “Chelsi” darajasiga mos kelmagan. U 2024 yilda “Lester” bilan Chempionshipdagi mavsumdan so‘ng “Chelsi”ga qo‘shildi. Shu tariqa Entso Mareska ortidan “Stemford Brij”ga ko‘chib o‘tdi.

Ammo bu Dyusberi-Xoll uchun juda katta qadam bo‘lib chiqdi. Mareska bilan avvaldan tanishligi ham unga yordam bermadi. Yarimhimoyachi “Chelsi” tarkibida APLda atigi ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Shundan beri u “Everton”da o‘zini qayta namoyon qila boshladi. Ehtimol, aynan shu darajadagi klubda Dyusberi-Xoll o‘z imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsata oladi.

Chezare Kazadei

BlueCo kompaniyasi klubni sotib olganidan ko‘p o‘tmay, “Chelsi” yosh futbolchilarga katta mablag‘ sarflay boshladi. 19 yoshli Kazadei uchun ham 16 million funtdan ortiq pul to‘landi.

E’tiborlisi, o‘sha vaqtda yarimhimoyachi “Inter” asosiy jamoasida hatto debyut ham qilmagan edi. Kazadei “Chelsi” safida 17 ta uchrashuv o‘tkazdi. Undan oldin esa “Lester”da ijara asosida to‘p tepdi. Biroq Mareska bilan ishlagani ham uni G‘arbiy Londondagi faoliyatiga tayyorlay olmadi.

Hozir esa Kazadei Italiyaning “Torino” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Filip Yorgensen

“Chelsi” 2024 yilda Yorgenseni sotib olganida Robert Sanchesning asosiy darvozabon sifatidagi maqomi borasida jiddiy savollar bor edi.

Yorgensen “Vilyarreal”dagi muvaffaqiyatli mavsumida o‘zining yaxshi o‘yini bilan e’tibor qozongan edi. Ammo datsiyalik darvozabon Sanches bilan asosiy tarkib uchun munosib raqobat qila olmadi.
Aksincha, ispaniyalik futbolchi rivojlanishda davom etdi. Endi esa Yorgensenning “Chelsi”dagi kelajagi savol ostida qolmoqda.

Deyvid Vashington

“Chelsi”ning istiqbolli futbolchilarni sotib olishida ma’lum mantiq borligini ta’kidlash mumkin. Bunday futbolchilarni kelajakda qimmatroq narxda sotish mumkin.

Ammo muammo shundaki, agar futbolchi transferdan keyin shunchaki yo‘qolib qolsa, bu mantiqning o‘zi ham ish bermaydi.

Vashington bilan ham xuddi shunday holat yuzaga kelgan ko‘rinadi. “Santos”dan 18 yoshida kelgan hujumchi “Chelsi”dagi debyut mavsumida asosiy jamoa safida atigi uchta uchrashuv o‘tkazdi.

Renato Veiga

“Bazel”dan “Chelsi”ga ko‘chish yo‘nalishida Veigadan oldin 2024 yilda faqat Muhammad Salah bor edi.

Portugal futbolchisi “Bazel”da asosan yarimhimoyada o‘ynardi. “Chelsi”da esa undan ko‘proq chap qanot himoyachisi sifatida foydalanishdi. Keyinchalik u markaziy himoyada ham harakat qildi.
NATIJADA Veiga yarim mavsum o‘tib “Chelsi”ni tark etdi va “Yuventus”ga ijaraga berildi. Keyin esa “Vilyarreal”ga sotildi.

Pyer-Emerik Obameyang

“Barselona”ning tajribali hujumchisini, APLda o‘ynagan va jamoangiz murabbiyi qo‘l ostida avval ham to‘p tepgan futbolchini tarkibga qo‘shib olish — birinchi qarashda yomon g‘oya emasdek ko‘rinadi.
Ammo Obameyang transferidan ko‘p o‘tmay Tomas Tuxel iste’foga chiqarildi.

Pyer-Emerik “Chelsi”da omadsizlikka uchradi. U APLda atigi bitta gol urdi va keyingi yozda klubni tark etdi. Biroq londonliklar “Arsenal”ning sobiq hujumchisi uchun 10,3 million funt to‘lashgan edi.

Diego Moreira
2023 yilda “Benfika”dan “Chelsi”ga o‘tgan Moreira londonliklar safida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Keyin “Lion”ga ijaraga berildi.

U “Benfika” asosiy jamoasi uchun ham bor-yo‘g‘i ikki marta o‘ynagan bo‘lsa, “Lion” safida yettita uchrashuv o‘tkazdi. Shundan keyin futbolchi “Strasburg”ga sotildi.

Moreira aynan shu jamoada o‘zini topa oldi. Ammo bunday yo‘ldan so‘ng savol tug‘iladi: “Chelsi” uni aslida nima maqsadda sotib olgan edi?

Denis Zakariya

Bir vaqtlar Zakariya Yevropaning eng talabgir yarimhimoyachilaridan biri edi. Ammo 2022 yilda “Chelsi” uni ijaraga olgan paytga kelib, bu davr ortda qolgan edi.
Uning yanvarda “Yuventus”ga transferi o‘xshamadi va “Chelsi” tavakkal qilishga qaror qildi. Biroq Zakariya APLdagi debyutini faqat katolik Rojdestvosidan keyin o‘tkazdi.

Umuman olganda, shveytsariyalik futbolchi “Chelsi” safida bor-yo‘g‘i 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Matis Amugu

“Chelsi”da Amuguni ko‘pchilik umuman eslamasa kerak. U 2025 yil fevral oyida “Sent-Etyen”dan ko‘chib o‘tganidan so‘ng klub safida atigi ikki marta maydonga tushdi. Har ikki uchrashuvda ham 22 daqiqadan o‘ynadi.

Qizig‘i, yarimhimoyachiga sakkiz yillik shartnoma taklif qilingan edi. Ammo transferdan atigi besh oy o‘tib, u sotib yuborildi. Albatta, yana “Strasburg”ga.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Chelsi” Amuguni bir necha yil davomida kuzatgan. Biroq o‘sha paytdagi bosh murabbiy Mareska uni jamoaga yordam bera oladigan futbolchi sifatida hech qachon ko‘rmagan.

Joau Feliks

Feliks bilan birinchi hamkorlik unchalik yaxshi chiqmaganidan so‘ng uni ikkinchi marta sotib olish ham ancha g‘alati qaror edi.

To‘g‘ri, uning 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidagi ijarasi ham mutlaqo yomon o‘tmagan: 20 ta o‘yinda to‘rtta gol.

Biroq Feliks kutilgan darajani ko‘rsata olmadi va “Chelsi” uni doimiy ravishda sotib olish variantini ko‘rib chiqmagan.

Shunga qaramay, bir yil o‘tib, bu yana sodir bo‘ldi. “Chelsi” hujumchini to‘liq transfer asosida sotib oldi, tarbiyalanuvchisi Konor Gallager esa qarama-qarshi yo‘nalishda — “Atletiko”ga yo‘l oldi.

Gallagerning sotilishi “Chelsi” muxlislarining bir qismini xafa qildi. Ammo Feliksning keyingi faoliyati bu qarordan ham ko‘proq norozilik uyg‘otdi.

Atigi olti oydan so‘ng portugal futbolchisi yana boshqa klubda paydo bo‘ldi — bu safar “Milan”ga ijaraga berildi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting