Buffon: \"Xato qildim, lekin buni yana qilgan bo'lar edim\"
“Yuventus” va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni va bugungi kunda “azzurri” delegatsiyasi boshlig'i bo'lgan Jijji Buffon o'zining “Fall, get up, fall, get up” (yiqilish, turish, tushish, ko'tarilish) deb nomlangan kitobining taqdimotida “the Turin book fair”ga nutq so'zladi. Darvozabonlar afsonasining ushbu nutqini e'tiboringizga havola qilamiz:

Bu kitob meni o'ynagan ro'llarim va hayotimdagi barchani ifoalaydi. Agar biror kishi bosh qahramon bo'lishga qaror qilsa, bu yo'lda turli xil yiqilishlarga duch keladi, keyin o'rnidan turish uchun sababni topish muhimdir.

Hayotimdagi tajribalarim juda ham muhim va turli-xil sarguzashtlarim qiziqarli bo'lib kelgan. “Parma”dagi uch yil, “Yuventus”dagi o'n to'qqiz yil, Parijdagi bir yil. Bu davr davomida barcha bilan yaxshi munosabatlar qurib keldim.

Juda yosh paytimda xujumchilar menga tajriba maktabi bo'lishi mumkin edi. 1998 yili Italiya-Kamerun o'yinida N'Kono bilan uchrashdim. U mening sevimli futbolchim edi va u meni so'nggi hayrlashuv o'yiniga taklif qildi. Men Afrikaga bordim va anashu bahsdagi yagona yevropalik futbolchi edim. O'shanda poyabzalsiz o'ynashga tavakkal qilgan edim.

Janubiy Afrikada kiyinish xonasiga kirdim. Men jarohat olgan edim. Jamaoa a'zolari qo'llari bilan sochlarini ushlab tushkun holatda turganini ko'rdim. Keyin bosh murabbiy keldi. U tinch va hotirjam holatda: “Yigitlar! bu sizning aybingiz emas, bu meni xatoyim, sizlarni men olib kelganman”,-dedi. Kulgudan o'zimni to'xtata olmasdan dushga kirib ketdim.

Mazonning "Breshia" jamoasiga qarshi o'yinda har bir zarbani qaytardim. O'yin tugadi, kiyim almashtirish xonasiga kirdim va u yerda revanch olishni xohlayapgan odamga o'xshab meni kutib turgan Mazonni ko'rdim. Yonidan o'tib ketishim bilan: “O, Buffon, qalesan! Bugun nimalar qilib tashlading-a?! Bugun menga Lazarusni eslatib yubording, chunki har doim o'rningdan tura oldin”,-dedi Mazon

Odamlarni mehrini har doim, xatto Italiyadan tashqarida bo'lganimda ham his qilganman. Odatda bu narsa meni hayratlantirardi va menga o'zgacha his tuyg'ular berardi, chunki men qandaydir mahsus ish qilmas edim, shunchaki o'zimni kasbimni bajarar edim halos. Futboldan zavqlanardim. Bu o'yin menga yaxshi haq va shon-shuhrat berdi. Allegri menga: “Jijji sen ajoyibsan va o'zingni qanday ekanligingni anglamaysan, mana shu seni haqiqiy kuching”,-deb tez-tez aytib turardi. Ba'zan bu gap haqida ko'p o'ylab turaman va u haq deb o'ylayman.

Kassano bilan janjal? Yolg'on! Biz huddi egizaklardek edik. . Bular men biroz afsuslanadigan narsalar, men har doim munosabatlarga va do'stlikka katta ahamiyat berganman.

2006 yilgi Jahon chempionati finalida men VAR kabi edim (kuladi). Jarima maydonchasi bo'ylab yugurgan reaksiyam hakamlarning nimadir sodir bo'lganini anglashiga sababchi bo'ldi. Ular hech qachon buni aytishmaydi, lekin o'sha vaziyat ular tomonidan TVda qaytadan ko'rilgan.

“Parma” bila UEFA kubogi finali. O'sha paytda yevropa kubogi sifatida qiymatga ega sovrin hisoblanardi, lekin Moskvadagi katta stadionda o'zgina muhlislar qarshisida o'ynash menga yoqmagan edi. Hamma hakamlarni yaxshi ko'raman (kuladi). Moreno? Tushunaman media bunday vaziyatlarda doim qurollanib turadi. Lekin, hamma haqiqatni o'z ko'zi bilan ko'rdi. Moreno bizni tark etishimiz uchun birinchi raqamli dushman edi. Balki, bizning xatolarimiz ko'proq edi, ammo u uchrashuvni adolatsiz tarzda boshqardi. Biz airoportni qarsaklar bilan tark etganmiz.

Karyeramdagi eng yuqori nuqtami? (kuladi) Mana bir necha yillar o'tdi. O'sha intervyudan va aytgan so'zlarimdan hozir uyalaman. Ma'lum bir yoshda, kimningdir vakili va jamoa sardori edim. Omadim ham omadsizligim ham faqat o'zimga bog'liq edi. Lekin o'shanda men gapirishim kerak edi va ortga qaytish imkoni bo'lganida yana huddi shunday qilgan bo'lar edim.

O'sha vaqtda meni hafa bo'lganim shunchaki o'yindagi yutqazishdan emas, balki birgalikda bir jamoa bo'lib, jasorat bilan katta stadionda kambek amalga oshirganimiz zavqlantirgan edi. Barchamiz hayajon va umidda edik. O'yindan bir kun avval, barchamiz qattiq afsus qilganimiz haqida gaplashgan edik. Hali ham nega o'yindan chetlatilganimni sababini tushuna olmayman. Shuning uchun ham intervyularda tushkun kayfiyatda edim. O'sha o'yin men uchun eng zo'ri edi.

Chempionlar ligasi finali haqida. Ayni paytda mening rolim bor, bu federal xolislik. Biroq, haqiqat bitta: o'yinlar va finallar g'alaba qozonishga loyiq bo'lgan jamoalar uchun mos keladi. "PSJ" va "Inter" o'rtasida bahsda kim bunga loyiq bo'lsa, o'sha chempion bo'ladi.

Men uchta finalda mag'lub bo'ldim, uchtasida ham biz g'alaba qozonishga loyiq emasdik. "Rel Madrid" bilan biz mag'lubiyatga loyiq edik, "Barselona" bilan biz bir lahza o'ynadik halos. Chempionlar Ligasidan "Yuve" xalqi afsusda, lekin men uchun hech narsa o'zgarmadi, demak, o'sha paytda boshqalar yaxshiroq edi.
