Bilasizmi? Barchasi Akbar Jo‘rayev haqida
Akbar Jo‘rayev (Golden Boy) — nomiga munosib, mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng sermahsul sportchilardan biri. Uning beqiyos natijalari va yurtimiz sha’nini dunyoga yuksaltirish yo‘lida qo‘shayotgan hissasi, albatta, yuksak e’tirofga sazovor.
Qahramonimiz yoshlar o‘rtasida jahon chempioni va rekordchisi, Tokio-2020 Olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritib, yangi rekord o‘rnatishga muvaffaq bo’lgan. U uch karra Jahon chempioni, Jahon kubogi g‘olibi, ikki karra Osiyo chempioni, bir necha marotaba Osiyo vitse-chempioni va sovrindori, Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori hamda Islom birdamlik o‘yinlarining olti karra g‘olibi hisoblanadi — bu O‘zbekiston tarixidagi eng yuksak natijalardan biri.
Sportchimiz “O‘zbekiston iftixori” va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ham sazovor bo‘lgan. Shuningdek, 2018 va 2021-yillarda u yurtimizda “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topilgan.
Hozircha Jo‘rayevning g‘aznasida faqatgina Osiyo o‘yinlari oltin medali yetishmayapti — ammo ishonamizki, u keyingi musobaqada ushbu kumushni ham albatta oltinga aylantiradi.
Bundan tashqari, u 2025-yilda o’zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda — xususan, Osiyo va Jahon chempionati hamda Islom birdamlik o‘yinlarida o‘z vazn toifasida raqiblariga biror imkoniyat qoldirmay, barcha musobaqalarda oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
Akbar Jo‘rayev o‘zining kuchi, irodasi va fidoyiligi bilan O‘zbekiston og‘ir atletikasi tarixida oltin sahifani yozishda davom etmoqda.
Endi uni “Golden Boy” deb atashga barcha asos yetarlimi?