locale OZ

Aziz Ibragimov: \"Raqibning qisqa muddatda qilgan o'zgarishlari ularga foyda berarmikin?\"

Maqolalar
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Photo: gettyimages

Xabaringiz bor bugun o'zbek futboli uchun tarixiy kun bo'lishi mumkin. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida Jahon chempionatining so'nggi saralash bosqichi doirasida BAA-O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro bellashadi.

Ushbu muhim bahs oldidan futbol jamoatchiligi hamda umuman boshqa sohalarda faoliyat yuritadigan yutdoshlarimizning fikrlari bilan o'rtoqlashib boramiz.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Azizjon Ibragimov bilan bog'lanib, o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi:

"O'yindan oldingi fikrlar haqida gapiradigan bo'lsam, avvalo terma jamoamizga omad. Mas'uliyatni his qilishsin. Kuch birlikda. Million-million odamlar bu yaxshi xabarni kutib turishibdi. O'ylaymanki, bugun futbolchilarimiz bizni xursand qilishadi. Omad yor bo'lsin. Jamoamiz har tomonlama kuchli tarkibga ega va ulardan ajoyib natija kutib qolaman.

Hamma ayyorliklar bizga qo'shimcha kuch bo'lishi kerak, motivatsiya bo'lishi kerak. Bu kabi ishlar bizga ta'sir qilmaydi deb o'ylayman.

O'zbekistonni Jahon chempionatiga chiqishini yillar davomidagi orzuning amalga oshishi deb ayta olamiz. Qolaversa, futbolimizni kundan-kunga rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Menimcha biz o'z uslubimizda o'ynaymiz. Hozir qandaydir yangilik kiritish vaziyatga to'g'ri kelmaydi. Birlashgan Arab Amirliklariga keladigan bo'lsak, ba'zi bir o'zgarishlar bo'lishi mumkin-ku, lekin qisqa muddatda qilingan bu o'zgarishlar raqibga foyda berarmikin? O'ylaymanki, ularning o'zgarishlari foyda bermaydi hamda biz o'zimizni eski uslubimizda o'ynaymiz",-deydi O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting