locale OZ

«Al-Hilol» tarixidagi eng qimmat transferlar: Sаmmervill ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Bu transfer natijasida u Malcomni ortda qoldirdi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Al-Hilol» tarixidagi eng qimmat transferlar: Sаmmervill ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Al Hilal FC

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi o‘z tarixidagi eng qimmat transferlar ro‘yxatini yangiladi. Unga ko‘ra, jamoaning eng yirik xaridi hali ham 2023/24 yilgi mavsumda “PSJ”dan 90 million yevroga sotib olingan Neymar bo‘lib qolmoqda.

2026/27 yilgi mavsum oldidan “Vest Hem”dan 64,5 million yevro evaziga transfer qilingan Kresiensio Sаmmervill esa klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat xarid sifatida qayd etildi. Bu transfer natijasida u Malcomni ortda qoldirdi.

“Al-Hilol” tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer:

1. Neymar (“PSJ”) — 90 mln yevro (2023/24)
2. Kresiensio Sаmmervill (“Vest Hem”) — 64,5 mln yevro (2026/27)
3. Malkom (“Zenit”) — 60 mln yevro (2023/24)
4. Ruben Nevesh (“Vulverhempton”) — 55 mln yevro (2023/24)
5. Darvin Nunes (“Liverpul”) — 53 mln yevro (2025/26)
6. Aleksandar Mitrovich (“Fulhem”) — 52,6 mln yevro (2023/24)
7. Markos Leonardo (“Benfika”) — 40 mln yevro (2024/25)
8. Sergey Milinkovich-Savich (“Latzio”) — 40 mln yevro (2023/24)
9. Xabib Diarra Meyte (“Renn”) — 30 mln yevro (2025/26)
10. Mutab Al-Harbi (“Al-Shabab”) — 29 mln yevro (2024/25)


So‘nggi yillarda “Al-Hilol” tarkibini jahon futboli yulduzlari bilan kuchaytirishga katta e’tibor qaratayotgan klublardan biriga aylandi. Ayniqsa, 2023 yildan boshlangan yirik investitsiyalar natijasida saudiyaliklar Neymar, Malkom, Ruben Nevesh, Mitrovich va Milinkovich-Savich kabi mashhur futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Endi esa Kresiensio Sаmmervill ham klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biri sifatida o‘rin oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting