Abbosjon Otaxonov: «Guruhni peshqadam sifatida yakunlashni istaymiz»
O‘zbekiston kubogi 1-turida “Xorazm” klubi mehmonda FarDUni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur bellashuvda so‘ng uruganchliklar himoyachisi Abbosjon Otaxonov Sports24.uz muxbiri bilan suhbatlashdi.
Farg‘onadagi o‘yin borasida
“FarDU”ga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdik. Muhimi, g‘alaba qozondik. Chunki raqib ham anchayin kuchli ekan. Bizda yaxshi taassurot qoldirdi. Ochiq futbol namoyish etdi. Bizning asosiy maqsadimiz g‘alaba qozonish edi. Bunga qaysidir ma’noda erishdik.
Kubokdagi maqsadlar borasida
“Xorazm” ham O‘zbekiston kubogida oldiga yaxshi maqsadlarni qo‘ygan. Guruhimizda birinchi o‘rinni egallash asosiy vazifa. Qolganini keyinchalik ko‘raveringiz.
“Navbahor”ga qarshi bo‘lajak bellashuv borasida
“Navbahor”ga qarshi har doimgidek tayyorgarlik ko‘ramiz. Albatta, oson o‘yin bo‘lmaydi. Lekin g‘alaba qozonish uchun borimizni beramiz. Guruhdagi peshqadam bo‘lish imkoniyatini beradigan bellashuvda muvaffaqiyat qozonishni istaymiz.
Superligadagi ishtirok borasida
Superligada hozircha yomon ishtirok etganimiz yo‘q. Faqat “Andijon”ga qarshi bahsda o‘yinimiz biroz o‘xshamadi. Lekin qolgan bellashuvlarda jamoamiz g‘alaba uchun astoydil harakat qildi. Kurashyapmiz. Natijalarimiz unchalik yomon emas.
Bosh murabbiy borasida
Sergey Tokov bosh murabbiy bo‘lib kelganidan so‘ng taktik taraflama o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Juda talabchan murabbiy hisoblanadi”, - dedi Otaxonov.