locale ЎЗ
OZ - o'zbekcha ЎЗ - ўзбекча

«Milan» Matetaga qiziqish bildirmoqda

Transfermarkt fransiyalik hujumchini 35 million yevroga baholamoqda.
Футбол
Sports24.uz'ни Google'га қўшиш
 «Milan» Matetaga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

“Kristal Pelas” markaziy hujumchisi Jan-Filipp Mateta Yevropaning bir qancha klublari e’tiborini tortdi. Fransiyalik forvardni Italiya A seriyasi va Angliya premer-ligasi jamoalari qidirmoqda, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Italiya jamoalari orasida futbolchiga “Milan” alohida qiziqish bildirmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, "rossonerilar" qishki transfer oynasidayoq "Kristal Pelas"ga rasmiy transfer taklifi bilan chiqishni ko'rib chiqmoqda.

Jan-Filipp Mateta London klubida 2022 yildan buyon to‘p suradi. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt fransiyalik hujumchini 35 million yevroga baholamoqda.

Розикжон Султонмуродов
Розикжон Султонмуродов
Журналист
Sports24.uz Бизни кузатинг
Асосий воқеаларни кузатиб боринг! Янгиликлар, натижалар ва спортдаги энг ёрқин лаҳзалар. Кузатинг ва энг муҳим воқеалардан хабардор бўлинг!
Изоҳлар
Изоҳ қолдириш учун рўйхатдан ўтинг