«Buxoro» o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladi
Hozirgi bosqichda jamoa to‘liq mashg‘ulot jarayoniga e’tibor qaratmoqda.
Фото: Бухоро ПФК
“Buxoro” professional futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini rasman boshladi.
Jamoaning dastlabki mashg‘ulotlari Buxoro shahridagi “Umid” stadionida o‘tkazilmoqda.
Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov boshchiligida futbolchilar jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikni oshirish ustida ishlamoqda. Mashg‘ulotlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Hozirgi bosqichda jamoa to‘liq mashg‘ulot jarayoniga e’tibor qaratmoqda.
Розикжон Султонмуродов
Журналист