WTA reytingi: Yakshibarova 33 pog‘onaga yuqoriladi, Abdurayimova esa shuncha o‘rin pastladi


Xalqaro ayol tennischilar assotsiatsiyasi (WTA) tomonidan professional tennischilarning 9 iyun holatiga ko‘ra yangilangan haftalik reytingi e’lon qilindi. Reytingda belaruslik Arina Sobolenko barqaror peshqadamlikni saqlab qolmoqda — u 11 553 ochko bilan birinchi o‘rinda qolmoqda. Amerikaliklar Coco Gauff va Jessica Pegula mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni egallab turishibdi. Gauff "Roland Garros"dagi chempionligi tufayli ochkolarini sezilarli oshirib, yetakchiga yanada yaqinlashdi. Shuningdek, xitoylik Zheng Qinwen ikki o‘rin yuqorilab, ilk beshlikka kirib oldi.
O‘zbekiston tennischilari orasida esa katta o‘zgarishlar kuzatildi. Birinchi raketkachi Vlada Yakshibarova bir haftada 33 pog‘ona yuqorilab, reytingda 892-o‘ringa ko‘tarildi. Aksincha, Nigina Abdurayimova shuncha o‘rin pastlab, 975-pog‘onaga tushdi. Ikkisi ham o‘tgan hafta Toshkentdagi turnirda ikkinchi davrada mag‘lub bo‘lgandi.
Milana Maslenkova esa aksincha, 33 pog‘ona yuqorilab, 1321-o‘ringa chiqdi. Sabrina Olimjonova va Darya Shubina har biri 9 pog‘ona pastladi. Bunga qaramasdan, Shubina Toshkent turnirida yarim finalgacha yetib kelgan va bu natijaning ochkolari keyingi haftada hisobga qo‘shiladi. Tabiiyki, uning pozitsiyasi yanada yaxshilanishi kutilmoqda.
WTA reytingi – 2025 yil 9 iyun holati:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) — 11 553 ochko
2. (2) Coco Gauff (AQSH) — 8 083
3. (3) Jessica Pegula (AQSH) — 6 483
4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) — 4 805
5. (7) Zheng Qinwen (Xitoy) — 4 668
6. (6) Mirra Andreeva (Rossiya) — 4 636
7. (5) Iga Swiatek (Polsha) — 4 618
8. (8) Madison Keys (AQSH) — 4 484
9. (10) Paula Badosa (Ispaniya) — 3 684
10. (9) Emma Navarro (AQSH) — 3 649
O‘zbekistonlik tennischilar:
• 892 (↑33) — Vlada Yakshibarova — 27 ochko
• 975 (↓33) — Nigina Abdurayimova — 20 ochko
• 1321 (↑33) — Milana Maslenkova — 6 ochko
• 1386 (↓9) — Sabrina Olimjonova — 4 ochko
• 1411 (↓9) — Darya Shubina — 3 ochko

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19