locale OZ

Vetnamdan qaytgan jamoamiz tantanali kutib olindi

Yosh tennischilarimiz xalqaro maydonda munosib o‘yin namoyish etib, qimmatli tajriba orttirdilar. Ularning ushbu natijasi kelajakdagi yutuqlar uchun muhim qadam bo‘lishiga ishonamiz.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vetnamdan qaytgan jamoamiz tantanali kutib olindi
photo: Tennis Uzbekistan

Vetnamda o‘tkazilgan WJTC Pre-Qualifying 14U xalqaro jamoaviy turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston o‘g‘il bolalar terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi.

Sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Ularni O‘zbekiston Tennis federatsiyasi bosh kotibi S.Kamilov, federatsiya vakillari, murabbiylar, ota-onalar va tennis jamoatchiligi qarshi oldi.

Yosh tennischilarimiz xalqaro maydonda munosib o‘yin namoyish etib, qimmatli tajriba orttirdilar. Ularning ushbu natijasi kelajakdagi yutuqlar uchun muhim qadam bo‘lishiga ishonamiz.

Jamoamizni tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting