Toshkentda Young Tennis Stars doirasida bolalar tennisi rivojiga qaratilgan xalqaro seminar o‘tkaziladi
15-aprel kuni bolalar uchun tennis festivali tashkil etiladi.
photo: Tennis Uzbekistan
Osiyo tennis federatsiyasi va O‘zbekiston tennis federatsiyasi ko‘magida Toshkent shahrida yosh tennischilarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro seminar tashkil etilmoqda.
14-aprel kuni ota-onalar uchun maxsus ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Unda farzandni sportda qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya berish va murabbiy bilan samarali hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.
15-aprel kuni bolalar uchun tennis festivali tashkil etiladi. Unda o‘yinlar va mashg‘ulotlar orqali bolalarning ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor