Tennis. Sevil Yuldasheva ITF turnirida finalchi bo‘ldi
Final bahsida hamyurtimiz juftligi turnirni 2-o‘rin bilan yakunladi.
photo: Tennis Uzbekistan
Hindistonning Sambhaji Nagar shahrida o‘tayotgan ITF Women’s World Tennis Tour W15 turnirida O‘zbekiston vakili Sevil Yuldasheva juftlik bahslarida finalgacha yetib bordi.
Hal qiluvchi uchrashuvda Sevil Yuldasheva Germaniya vakili Anastasiya Kuparev bilan birgalikda Qozog‘iston vakili Zhbek Kulambayeva hamda Rossiya vakili Ekaterina Nevechina juftligiga qarshi kortga chiqdi.
Final bahsida hamyurtimiz juftligi turnirni 2-o‘rin bilan yakunladi.
Sevil Yuldashevani muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklaymiz va keyingi turnirlarda omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor