Tennis. Sergey Fomin yarim finalga yo‘l oldi
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Xitoyning Wuning shahrida o‘tayotgan ATP Challenger 50 turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
photo: Tennis Uzbekistan
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Xitoyning Wuning shahrida o‘tayotgan ATP Challenger 50 turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
U chorak final bahsida Janubiy Koreyalik tennischi Shin San-uni 6:3, 5:7, 6:3 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Sergey Fominni ushbu natija bilan tabriklaymiz va keyingi bahsda omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor