Tennis. Sergey Fomin - ATP Challenger 50 Shymkent turniri chempioni
Iqtidorli sportchi avval ham Shymkentda g‘olib bo‘lgan.
photo: Tennis Uzbekistan
Tennis bo'yicha o'zbekistonlik sportchi Sergey Fomin ATP Challenger 50 Shymkent turnirida chempionlikni qo'lga kiritdi.
Final bahsida u turnirning birinchi raqamli saralangan tennischisi Timofey Skatovni ishonchli tarzda mag‘lub etdi — 6:3, 7:5.
Sergey avval ham Shymkentda g‘olib bo‘lgan, bugun esa yana bu turnirni zabt etib, o‘z darajasini yana bir bor tasdiqladi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.