locale OZ

Tennis. Polina Kudermetova Vashingtondagi WTA 500 turnirini g‘alaba bilan boshladi

Endi Polina Kudermetova ikkinchi davrada ukrainalik, turnirning 2-raqamli saralangan tennischisi Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.
Tennis. Polina Kudermetova Vashingtondagi WTA 500 turnirini g‘alaba bilan boshladi
photo: Tennis Uzbekistan

Polina Kudermetova Vashingtondagi WTA 500 turnirini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova AQSHning Vashington shahrida o‘tayotgan Mubadala Citi DC Open turnirining ilk bosqichida ispaniyalik Kristina Bukshani mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. Hozirda Buksha WTA reytingining 40-o‘rnini egallab turibdi.

Endi Polina Kudermetova ikkinchi davrada ukrainalik, turnirning 2-raqamli saralangan tennischisi Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.

Ayni paytda Polina Kudermetova WTA reytingida 111-o‘rinni egallab turibdi.

Mubadala Citi DC Open turniri WTA 500 toifasiga kiradi va uning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 637 982 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting