Tennis. O‘zbekiston — Vyetnamdagi turnir g‘olibi!
Final bahsida hamyurtlarimiz Vyetnam jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Juftlik uchrashuvi tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan o‘tkazilmadi.
photo: Tennis Uzbekistan
Vyetnamda o‘tkazilgan ITF World Junior Tennis Competition U14 – Asia/Oceania saralash bosqichida O‘zbekistonning 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoasi ajoyib natija qayd etdi.
Final bahsida hamyurtlarimiz Vyetnam jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Juftlik uchrashuvi tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan o‘tkazilmadi.
Bu g‘alaba yosh tennischilarimizning katta salohiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Ishonamizki, ular kelajakda O‘zbekiston tennisining yorqin yulduzlariga aylanishadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor