locale OZ

Tennis. O‘zbekiston tennis federatsiyasi 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida saralash turnirlarini o‘tkazadi

Eng yaxshi sportchilar yarim final va final bosqichlariga yo‘l oladi, qolgan ishtirokchilar esa yakuniy o‘rinlar uchun uchrashuvlar o‘tkazadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. O‘zbekiston tennis federatsiyasi 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida saralash turnirlarini o‘tkazadi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston tennis federatsiyasi 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida saralash turnirlarini o‘tkazadi. Ushbu musobaqalar mamlakatning o‘smirlar terma jamoasiga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ITF va ATF homiyligida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etiladi.

14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi turnir 2026-yil 9–15-yanvar kunlari, 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi turnir esa 2026-yil 25–31-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Har ikki musobaqaning o‘tkazilish joyi — Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi.

Musobaqalarning asosiy vazifasi — yosh tennischilarning sport mahoratini oshirish, sport zaxirasini tayyorlash va eng kuchli o‘yinchilarni xolisona saralab olishdir. Turnirlar yakuniga ko‘ra FTT murabbiylar kengashi quyidagilarni shakllantiradi:

“World Junior Tennis Competition” Pre-Qualifying Event jamoaviy turnirida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini;
ITF Asia 14&U Development Championships Final yakka tartibdagi turnirida ishtirok etadigan o‘yinchilar ro‘yxatini.

Turnirlar yopiq kortlarda, Hard qoplamada o‘tkaziladi. Rasmiy to‘plar — Technifibre Club. Musobaqa formati — aylana tizimi: asosiy turnirda 8 nafar o‘yinchi ishtirok etadi va ular 4 nafardan iborat ikki kichik guruhga bo‘linadi. Eng yaxshi sportchilar yarim final va final bosqichlariga yo‘l oladi, qolgan ishtirokchilar esa yakuniy o‘rinlar uchun uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting