Tennis. Kamilla Raximova Ruminiyadagi WTA 250 turnirida juftlik bahslarida yarim finalga yo‘l oldi
Yarim finalda Raximova va Sorribes Tormo Veronika Erjavec (Sloveniya) hamda Sara Rakotomananga Rajaonah Tiansoa (Fransiya) juftligiga qarshi kortga chiqadi.
photo: Tennis Uzbekistan
O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tayotgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida yarim finalga chiqdi.
Raximova va ispaniyalik tennischi Sara Sorribes Tormo dueti chorak finalda sloveniya vakilasi Kaja Juvan hamda polshalik Maja Chvalinska juftligini 6-2, 6-3 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Yarim finalda Raximova va Sorribes Tormo Veronika Erjavec (Sloveniya) hamda Sara Rakotomananga Rajaonah Tiansoa (Fransiya) juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor