locale OZ

Tennis. Kamilla Rakhimova asosiy to‘rga yo‘l oldi

Uchrashuv 4:6, 5:4 hisobida yakunlandi. Ikkinchi set davomida Mariya Timofeeva bahsni davom ettira olmadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Kamilla Rakhimova asosiy to‘rga yo‘l oldi
photo: Tennis Uzbekistan

Tennis bo'yicha hamyurtimiz Kamilla Rakhimova asosiy to‘rga yo‘l oldi.

Avval xabar qilganimizdek, AQSHning Indian Wells shahrida o‘tayotgan WTA 1000 BNP Paribas Open turnirining saralash bosqichida tennischilarimiz Kamilla Rakhimova hamda Mariya Timofeeva o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuv 4:6, 5:4 hisobida yakunlandi. Ikkinchi set davomida Mariya Timofeeva bahsni davom ettira olmadi.

Natijada Kamilla Rakhimova musobaqaning asosiy to‘riga yo‘l oldi. Asosiy to‘rning birinchi bosqichida Rakhimova kanadalik tennischi Bianca Andreescuga qarshi kortga chiqadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting