Tennis. Kamilla Rahimova yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi
Uchrashuvda chexiyalik tennischi 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
photo: gettyimages
Kamilla Rahimova yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi
Fransiyada davom etayotgan “Roland Garros” turnirida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rakhimova dunyoning 10-raketkasi Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda chexiyalik tennischi 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Kamilla endi turnirning juftlik bahslarida ishtirokini davom ettiradi. Hamyurtimiz Anna Siskova bilan birga ilk davrada ukrainalik Nadiya Kichenok va yaponiyalik Makoto Ninomiya juftligiga qarshi kortga chiqadi.