locale OZ

Tennis. Kamilla Rahimova Uimbldonda irodali g‘alabaga erishdi

Uchrashuvning birinchi setida Kamilla 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, keyingi ikki setda ajoyib o‘yin namoyish etib, 6:4 va 7:5 hisoblarida g‘alaba qozondi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennis. Kamilla Rahimova Uimbldonda irodali g‘alabaga erishdi
photo: gettyimages

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining birinchi bosqichida dunyoning 66-raketkasi, ukrainalik Anna Kalinina ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning birinchi setida Kamilla 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, keyingi ikki setda ajoyib o‘yin namoyish etib, 6:4 va 7:5 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alaba evaziga Kamilla Rahimova ikkinchi bosqichga yo‘l oldi hamda 70 WTA reyting ochkosi va 126 ming funt sterling (taxminan 166 ming AQSH dollari) miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting