locale OZ

Tennis. Kamilla Rahimova Londondagi WTA 500 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi!

Musobaqaning ikkinchi davrasida hamyurtimiz britaniyalik tennischi Harriet Dartni 5:7, 6:1, 7:5 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Tennis. Kamilla Rahimova Londondagi WTA 500 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi!
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tayotgan nufuzli WTA 500 turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.

Musobaqaning ikkinchi davrasida hamyurtimiz britaniyalik tennischi Harriet Dartni 5:7, 6:1, 7:5 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Harriet Dart bir necha yillardan buyon Buyuk Britaniyaning yetakchi tennischilaridan biri hisoblanadi va WTA reytingida Top-100 talikdan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Kamilla turnirning asosiy to‘riga lucky loser maqomida qabul qilingan edi. Bu imkoniyat unga Belinda Benchichning musobaqada ishtirok eta olmasligi sababli taqdim etildi.

Kamillani ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting