Tennis. Humoyun Sultonov Zahra shahrida o‘tayotgan ITF M15 turniri finaliga chiqdi
Turnir finalida Humoyun Sultonov ikkinchi yarim final bahsi g‘olibiga qarshi chempionlik uchun kortga chiqadi.
photo: Tennis Uzbekistan
O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov ITF M15 Zahra xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakkalik bahslarida musobaqa finaliga yo‘l oldi.
Yarim final uchrashuvida Sultonov Yevgeniy Karlovskiy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi — 7–6, 6–1. Birinchi set keskin kurashda tay-brekda yakunlandi, shundan so‘ng O‘zbekiston vakili ikkinchi setda o‘yinni to‘liq nazorat qildi.
Turnir finalida Humoyun Sultonov ikkinchi yarim final bahsi g‘olibiga qarshi chempionlik uchun kortga chiqadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor