Tennis. Humoyun Sultanov finalga yo‘l oldi!
Humoyun uchrashuv davomida ishonchli va hujumkor o‘yin namoyish etib, ikkinchi setda raqibiga birorta ham geym bermadi.
photo: Tennis Uzbekistan
Sloveniyaning Kranjska Gora shahrida o‘tkazilayotgan ITF M15 turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultanov yarim final bahsida germaniyalik Max Hombergni 7:5, 6:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Humoyun uchrashuv davomida ishonchli va hujumkor o‘yin namoyish etib, ikkinchi setda raqibiga birorta ham geym bermadi.
Endi hamyurtimiz turnir bosh sovrini uchun kurash olib boradi.
Humoyunga final bahsida omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor