Tennis. Hamyurtlarimiz o‘zaro bahs olib boradi
Kamilla Rakhimova va Mariya Timofeyeva Indian-Uells shahrida o‘tayotgan BNP Paribas Open (WTA 1000) turniri saralash bosqichini g‘alaba bilan boshlashdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Hamyurtlarimiz o‘zaro bahs olib boradi.
Avval xabar qilinganidek, Kamilla Rakhimova va Mariya Timofeyeva Indian-Uells shahrida o‘tayotgan BNP Paribas Open (WTA 1000) turniri saralash bosqichini g‘alaba bilan boshlashdi.
Bugun, 3-mart kuni soat 23:00 da tennischilarimiz keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun o‘zaro kortga chiqishadi.
Sportchilarimizga munosib o‘yin va yorqin bahs tilaymiz.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor