Tennis. Fomin va Sultonov — g‘alaba bilan boshladi
Birinchi davrada tennischilarimiz Chinese Taipei (TPE) vakillari, 7-raqam ostida saralangan Huang Tsung-Hao / Wu Tung-Lin juftligini mag‘lub etdi.
photo: gettyimages
Fomin va Sultonov — g‘alaba bilan boshladi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Sergey Fomin va Humoyun Sultonov Aichi–Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarini g‘alaba bilan boshladi.
Birinchi davrada tennischilarimiz Chinese Taipei (TPE) vakillari, 7-raqam ostida saralangan Huang Tsung-Hao / Wu Tung-Lin juftligini mag‘lub etdi.
Sergey Fomin / Humoyun Sultonov — Huang Tsung-Hao / Wu Tung-Lin (TPE)
4:6, 6:3, 10:3
Ushbu g‘alaba bilan O‘zbekiston juftligi musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.