Tennis. Bizning jamoamiz — finalda!
Yarim finalda tennischilarimiz Shri-Lanka jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Vyetnamda bo‘lib o‘tayotgan ITF World Junior Tennis Competition (Asia/Oceania Pre-Qualifying) jamoaviy turnirida O‘zbekistonning 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Yarim finalda tennischilarimiz Shri-Lanka jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi turnir finaliga yo‘l oldi hamda Malayziyaning Kuching shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sportchilarimizga finalda omad tilaymiz!
Olg‘a, O‘zbekiston!