Sergey Fomin saralash bosqichini tark etdi
Zhangjiagang International Challenger turnirida mag'lubiyat
Rasm: Telegram
Xitoyning Chjanzyagang shahrida o'tkazilayotgan Zhangjiagang International Challenger (Challenger 75) turniri saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ishtirokini yakunladi.
91,250 AQSh dollari mukofot jamg'armasiga ega musobaqaning ilk o'yinida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi yapon tennischisi Kokoro Isomuraga deyarli qarshiliksiz mag'lub bo'ldi — 3/6, 2/6.
24 yoshli Fomin hozirda ATP reytingida 483-o'rinda, 22 yoshli Isomura esa 480-o'rinda qayd etilgan.
Shu tariqa, o'zbekistonlik tennischi musobaqaning asosiy to'riga yo'l olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.
Bakradze Iman
Redaktor