Sergey Fomin Qozog‘istondagi musobaqada yakka bahsda yarim finalga chiqdi, juftlikda esa kumush medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan ITF M15 seriyasi musobaqasida ikki yo‘nalishda ham yaxshi natijalarga erishdi. Yakka bahslarda birinchi raqam ostida musobaqaga kiritilgan Fomin yarim finalgacha yetib bordi. U o‘sha yerda germaniyalik Adrian Ottsbaxga uch setda mag‘lub bo‘ldi — 6:2, 3:6, 0:6. Ishonchli boshlanishga qaramay, Fomin hal qiluvchi setda kurash olib bora olmadi. Qiziq tomoni shundaki, Sergey ATP reytingida 461-o‘rinda tursa, Ottsbax 680-o‘rinda joylashgan.
Evasiga juftlik bellashuvlarida Fomin chexiyalik Pavel Verbeniy bilan birga finalgacha yetdi. Ular hal qiluvchi o‘yinda avstriyalik va germaniyalik tennischilar duetiga 7:5, 4:6, 3:10 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medal sohiblari bo‘lishdi.
Yakka yo‘nalishidagi g‘oliblik rossiyalik Denis Klokka nasib etdi — u finalda Ottsbaxni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.