Rahimbek Ibrohimov shartlashilgan o‘yinlar uchun 21 oyga diskvalifikatsiya qilindi
O‘zbek tennischisi ikki kelishilgan o‘yinda ishtirok etgani va tergovga yordam bermagani uchun jazolandi
Rasm: ITIA
Xalqaro tennishda halollik agentligi (ITIA) qator antiintiqomiy qoidalarni buzgan ikki sportchiga nisbatan jazo choralarini e’lon qildi. Ulardan biri — o‘zbekistonlik Rahimbek Ibrohimov. U 2022 yili ikkita kelishilgan o‘yinda qatnashganlikda gumon qilinmoqda va tergov jarayonida hamkorlik qilishdan bosh tortgan.
Natiajada Ibrohimov 21 oylik diskvalifikatsiyaga uchradi hamda 5 000 dollar jarimaga tortildi.
Ushbu jazo muddati davomida u ITIA hamda ATP, WTA, ITF va milliy federatsiyalar tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashish, murabbiylik faoliyati olib borish va rasmiy turnirlarga tashrif buyurish huquqidan mahrum qilindi.
Bakradze Iman
Redaktor