Qur’a ikki o‘zbekistonlik tennischini ilk davradayoq o‘zaro ro‘baro‘ qildi
O‘zbekistonning ikki vakilasi — Kamilla Raximova va Polina Kudermetova o‘zaro bahs olib bordi.
photo: Tennis Uzbekistan
Qur’a ikki o‘zbekistonlik tennischini ilk davradayoq o‘zaro ro‘baro‘ qildi
Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilayotgan WTA 250 toifasidagi Korea Open turnirida qur’a natijasiga ko‘ra, birinchi davrada O‘zbekistonning ikki vakilasi — Kamilla Raximova va Polina Kudermetova o‘zaro bahs olib bordi.
Uch set davom etgan murosasiz uchrashuvda Kamilla Raximova 7:6(4), 4:6, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi va turnirning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.
Har ikki tennischimizga kelgusi bahslarda omad tilaymiz!