Polina Kudermetova WTA reytingida 102-o‘rinda
Uning faoliyatidagi eng yaxshi natija — 2025-yil aprelida qayd etilgan 54-o‘rin.
photo: gettyimages
Polina Kudermetova WTA reytingida 102-o‘rinda.
WTA reytingining 12-oktabr kungi yangilanishiga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Polina Kudermetova dunyoning 102-raketkasi hisoblanadi. Uning faoliyatidagi eng yaxshi natija — 2025-yil aprelida qayd etilgan 54-o‘rin.
2025-yilda Polina Brisbane shahrida o‘tgan WTA 500 turnirida finalgacha yetib bordi. Turnir davomida u dunyoning o‘sha paytdagi 9-raketkasi Daria Kasatkinani mag‘lub etib, faoliyatidagi ilk Top-10 g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
2026-yilda Polina WTA 125 turkumidagi Oeiras va Canberra turnirlarida finalgacha yetib bordi. Hozircha u yakkalik bahslarida WTA turnirlarida chempionlikni qo‘lga kiritmagan.