O‘zbekistonlik tennischi turnir yarim finaliga chiqdi
Antaliyada 24-martdan boshlab mukofot jamg‘armasi 15.000$ bo‘lgan ITF Pro circuit musobaqasi boshlandi. 28-mart kuni soat 12:00 da yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda jahon reytingining 543-o‘rnida turgan o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fomin hamda dunyo reytingida 429-o‘rinni egallagan italiyalik Gabriel Piraino bellashdi. O‘yin taqdirini uchinchi set hal qildi. Yakuniy hisob 6:3, 3:6, 6:1 bo‘lib, o‘zbekistonlik sportchi g‘alaba qozondi.
29-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Fomin yarim finalda jahon reytingining 475-pog‘onasida turgan rossiyalik tennischi Svyatoslav Gulin bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik tennischi rossiyalik Daniil Golubev bilan juftlikda ham yarim finalga yo‘l oldi. Ular italiyalik Martin Manano va ispaniyalik Pyero Serrano juftligiga qarshi o‘ynaydilar.