O‘zbekistonlik tennischi Turkiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda
Musobaqaga Turkiya mezbonlik qilmoqda.
Фото: Tennis.uz
Turkiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida W15 toifasiga kiruvchi nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik Milana Maslenkova ishtirok etmoqda.
Milana xalqaro turnirning yakka bahslar birinchi davrasida latviyalik Sabine Rutlaukaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda tennischimiz dastlabki setni qiyinchiliksiz 6:1 hisobida o‘z foydasiga hal etgan bo‘lsa, ikkinchi setda tay-brekka qadar o‘yin o‘tkazgan holda g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, ikkinchi davraga chiqqan Milana Maslenkova chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuvda ruminiyalik Gloria Popga qarshi bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist