locale OZ

O‘zbekistonlik tennischi qizlar WTA reytingida pastladi

Vlada Yakshibarova va Nigina Abduraimova boshchiligidagi 6 nafar tennischimiz yangi reytingda pozitsiya yo‘qotdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Xalqaro ayollar tennisi assotsiatsiyasi (WTA) haftalik yangilangan reytingni e’lon qildi. Elita safida jiddiy o‘zgarish kuzatilmadi — Top-10ni yana Arina Sobolenko boshqarib turibdi. Belaruslik tennischi yetakchilikni katta farq bilan saqlab qolgan. Uning ortidan amerikalik Koko Goff ikkinchi, Uimbldon chempioni Iga Shvyontek esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Rossiyalik yosh iste’dod Mirra Andreeva beshlikni yakunlab berdi.

Afsuski, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan barcha 6 nafar tennischi qizimiz reytingda pastga tushib ketishdi.
• Vlada Yakshibarova bir pog‘ona pastladi
• Nigina Abduraimova – 19
• Darya Shubina – 10
• Milana Maslenkova – 35
• Sabrina Olimjonova – 9
• Diana Yakovleva – 15 o‘rin yo‘qotdi

22 iyul holatiga ko‘ra WTA reytingining kuchli o‘ntaligi:
1. Arina Sobolenko (Belarus) — 12420
2. Koko Goff (AQSH) — 7669
3. Iga Shvyontek (Polsha) — 6813
4. Jessika Pegula (AQSH) — 6423
5. Mirra Andreeva (Rossiya) — 5163
6. Chjen Tsinven (Xitoy) — 4553
7. Amanda Anisimova (AQSH) — 4470
8. Madison Kiz (AQSH) — 4374
9. Jasmin Paolini (Italiya) — 3576
10. Paula Badosa (Ispaniya) — 3454

O‘zbekistonlik tennischilarning reytingdagi o‘rni:
• 874-o‘rin (873) – Vlada Yakshibarova — 28 ochko
• 1044-o‘rin (1018) – Nigina Abduraimova — 16 ochko (-1)
• 1230-o‘rin (1220) – Darya Shubina — 9 ochko
• 1271-o‘rin (1236) – Milana Maslenkova — 8 ochko
• 1394-o‘rin (1385) – Sabrina Olimjonova — 5 ochko
• 1422-o‘rin (1407) – Diana Yakovleva — 4 ochko

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting