Myunxen va Barselonadagi ATP 500 turnirlari uchun 16 aprel kungi uchrashuvlar taqvimi
Ispaniya va Germaniyada nufuzli ATP 500 turnirlari bo'lib o'tmoqda. Barselonadagi kun uchrashuvi sifatida dunyo reytingining 16-raqami Stefanos Tsitsipas va 24-o'rinda turgan Sebastyan Korda o'rtasidagi bellashuv belgilangan. Myunxenda esa asosiy bahs Germaniya tennischilari Aleksandr Zverev (3-o'rin) va Daniyel Altmaer (68-o'rin) o'rtasida bo'ladi.
ATP 500 Barselona:
14:00 — Fis vs Martines
16:00 — Rune vs Baez
19:00 — Tsitsipas vs Korda
21:00 — Rudd vs Medjedovich
ATP 500 Myunxen:
14:00 — Ketsmanovich vs Darderi
15:30 — Shelton vs Van De Zandshulp
17:00 — Zverev vs Altmaer
20:00 — Grikspur vs Xanfmann
Germaniyadagi turnir doirasida ATP turi tarixida ilk bor 2008 yilda tug'ilgan tennischi ishtirok etdi. 17 yoshli laki-luzer Diego Dedura-Palomero, Denis Shapovalovga qarshi bahsda 7:6, 3:0 hisobida oldinga chiqqach, kanadalik tennischi uchrashuvni tark etdi. Nemis sportchisi jahon reytingining 549-pog'onasida joylashgan. U musobaqaning ikkinchi bosqichida Bergsga qarshi o'ynaydi.